Chegaralarda MIBdan qarzdorlikni yechish mumkin bo‘ladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston hududi chegaralarida MIBdan qarzlarni yechish tizimi joriy etiladi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi va Markaziy bank vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan “Jismoniy shaxslarning hisob raqamlariga qo‘yilayotgan taqiq masalalari” mavzusidagi brifingda Byuro rahbari o‘rinbosari Sh. Haydarov ma’lum qildi. 

Xabarga ko‘ra, hozirda MIB Markaziy bank va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda jismoniy shaxslarning plastik kartochkalariga taqiq qo‘yish va “blokdan” chiqarish masalalarini yanada takomillashtirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqilayotgani ma’lum qilindi. Bunda avtomatlashtirilgan elektron platforma yo‘lga qo‘yilib, qarzdorlik bartaraf qilingach, taqiq elektron tarzda yechiladi, fuqarolar turli instansiya, idora va tashkilotlarga murojaat qilib sarson bo‘lmasligi ta’minlanadi.

O‘zbekiston Respublikasidan chiqayotganda, xalqaro aeroport va temiryo‘l vokzallarida fuqarolarning qarzdorlik haqida ma’lumotga ega bo‘lgan zahoti uni joyida bartaraf qilish imkoniyati yaratilmoqda. Ya’ni qarzdor odam, chegaraning o‘zida o‘rnatilgan kassalarda yoki mobil telefoni orqali qarzini to‘lagandan keyin, bemalol ketayotgan manzili tomon davom etaveradi. Masalan ilgari turli sabablarga ko‘ra qarzdorlik holatlarida chetga chiqish muammoliroq edi, Kommunal xizmatlardan 100-200 ming so‘mlik qarzdorlik ham, fuqarolarning chet elga chiqishlarida taqiq quyilishiga sabab bo‘lib, MIB “Spravka”siz yoki taqiq yechilmaganidan sarsongarchilik holatlarini keltirib chiqarardi. 

Shuningdek, bank muassasalari bilan qarzdorlarning bankdagi band solingan mablag‘larini qarzdorligi uchun mutanosib ravishda yechib olish bo‘yicha taklif-reja ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etiladi. Ya’ni qarzdorning 50 ming so‘mlik qarzi sabab, plastik kartasidagi barcha mablag‘larni tasarruf etishga band solinmaydi. 

Matbuot anjumanida, Majburiy ijro byurosi matbuot kotibi Farrux Toshpo‘latov; mib.uz saytida har bir fuqaro pasport ma’lumotlari yozib, o‘zining qarzdorligi haqida ma’lumot olishi mumkinligini qayd etib o‘tdi. 

Shuningdek, MIB xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish va boshqa ziddiyatli masalalarga aniqlik kiritish maqsadida Byuroning 1107 qisqa raqamli ishonch telefoni ishga tushirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

chegara MIB

Baholaganlar

44

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing