Chegaradagi to‘qnashuvda 12 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 18 iyun kuni Kolumbiya va Venesuela o‘rtasidagi aholi o‘tkazish chegara punktida sodir bo‘lgan to‘qnashuv sabab 12 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda "El Tiempo" nashri xabar bermoqda.

Hodisa seshanba kuni ertalab Kolumbiya chegarasidagi Norte-de-Santander va Venesuelaning Boka-de-Grita qishlog‘i o‘rtasidagi hududda sodir bo‘lgan. Noma’lum kishilar to‘qnashuv paytida bir nechta qo‘lbola portlovchi moddalarni ishga tushirgan. Oqibatda 12 kishi voqea joyida halok bo‘lgan, 10 nafar fuqaro esa og‘ir tan jarohatlari bilan yaqin atrofdagi shifoxonaga yotqizilgan.

Kolumbiya hukumati voqeada gumonlangan ikki kishini qo‘lga olgan. Ma’lum bo‘lishicha, hodisa chegara hududda doimiy yoqilg‘i kontrabandasi bilan shug‘ullanuvchi turli guruhlarning o‘zaro kelishmovchiliklaridan kelib chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

41

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing