Chegaradagi avtomobil o‘tkazish punktlarida ko‘rsatiladigan pulli xizmatlar belgilandi

Jamiyat

image

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlari to‘g‘risida”gi Nizomga qo‘shimchalar kiritildi.

Kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, O‘zbekiston Davlat chegarasi orqali avtomobil o‘tkazish punktlarida ko‘rsatiladigan pulli xizmatlar ro‘yxati belgilandi. 

Bular:

•    O‘zbekiston hududida faoliyat olib borayotgan mobil aloqa operatorlari xizmatlari.
•    Ovqatlanish hamda sanitar-gigiyenik xizmatlarni tashkil etish bo‘yicha faoliyat.
•    Boj olinmaydigan savdo do‘konlarida tovarlarning chakana savdosi.
•    Yo‘lovchilar uchun qo‘l aravachalarini ijaraga berish.
•    Yo‘lovchilar va ularning yuklarini o‘tkazish punkti ichida tashish xizmati.
•    O‘tkazish punkti orqali harakatlanayotgan transport vositalarini mayda ta’mirlash ishlari hamda ularni evakuatsiya qilish.
•    Hajmi katta bo‘lmagan qo‘l yuklarini saqlab berish.
•    Transport vositalarida tashilayotgan yuklar bilan operatsiyalar amalga oshirish (yuk ortish, tushirish, qayta yuklash).
•    Tarjimonlik xizmati.
•    Xizmat ko‘rsatish (yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi va migratsiya blankalarini to‘ldirib berish, turli kompyuter xizmatlari, faks, Internet) xonalari.
•    Taksi chaqirish xizmati.

Pulli xizmat ko‘rsatilishi uchun avtomobil o‘tkazish punktining geografik joylashuvi, ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan pulli xizmatlar turi hamda ularni ko‘rsatish uchun ajratilishi mumkin bo‘lgan maydon, o‘tkazish punktining o‘tkazuvchanlik qobiliyati inobatga olinadi.


Maqola muallifi

Teglar

chegara

Baholaganlar

248

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing