Chegarada otishma. Aliyev yaralanganlar borligini ma’lum qildi
Olam
−
16 noyabr 2021 11010 1 daqiqa
Prezident Ilhom Aliyev Yevropa Kengashi Prezidenti Sharl Mishel bilan telefon orqali muloqotda joriy yilning 13 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan otishmada Ozarbayjonning askarlari yarador bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi xabar berdi.
Aliyev shuningdek, mavjud vaziyat uchun butun javobgarlik Armaniston harbiy-siyosiy rahbariyati zimmasida ekanini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 noyabr kuni Armaniston-Ozarbayjon chegarasining sharqiy yo‘nalishida vaziyat keskinlashdi. O‘shanda Armaniston Mudofaa vazirligi Ozarbayjon harbiylari pozitsion hujumni amalga oshirishga uringani hamda 15 nafar askar halok bo‘lgani haqida xabar berdi.
Ma’lumot uchun, 2020 yilning 11 noyabriga o‘tar kechasi Rossiya vositachiligida Ozarbayjon va Armaniston yetakchilari o‘q uzishni to‘xtatish bo‘yicha uch tomonlama bayonot imzolagan bo‘lsalar-da, hali-hanuz ikki o‘rtadagi chegara notinch, vaqti-vaqti bilan chegarada o‘q otilib turadi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025