Chegarada 100 ming dollarni olib ketayotgan chet ellik ushlandi
Jamiyat
−
19 noyabr 2019 7022 1 daqiqa
Jizzaxda yirik miqdordagi xorijiy valyutani mamlakatdan olib chiqib ketayotgan chet el fuqarosi to‘xtatildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.
“Qo‘shkent” chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatga o‘tish uchun kirib kelgan xorijiy fuqaro I.E. boshqaruvidagi Opel Astra avtoulovi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Natijada, ushbu shaxs deklaratsiyada ko‘rsatmasdan va bojxonachilarning og‘zaki so‘rovida ma’lum qilmasdan, avtomashinasida 100 500 AQSH dollarini yashirgan holda qo‘shni mamlakatga olib chiqib ketayotganligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr