Chegara masalasi Prezidentlargacha yetib bordi

Olam

image

Qirg‘iziston va Tojikiston hukumatlari delegatsiyalarining ikki mamlakat chegarasini delimitatsiya qilish bo‘yicha navbatdagi uchrashuv Isfara shahrida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda AP xabar berdi

Uchrashuvda chegara liniyasining kayerdan o‘tishi muhokama qilingan va Botken tumanida dala tekshiruvlarini o‘tkazishga kelishilgan.

Bundan tashqari, APga Tojikiston hukumatidan ma’lum qilinishicha, yaqin vaqtlarda Isfara shahrining Vorux jamoatida Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon va Qirg‘iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov uchrashishi rejalashtirilgan.

Prezidentlar uchrashuvida asosiy masala ikki davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘ladi


Maqola muallifi

Teglar

chegara Tojikiston-Qirg'iziston

Baholaganlar

69

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing