ChatGPT shifokorlar yordam bera olmagan bolani saqlab qoldi
Texnologiya
−
19 Sentabr 2023
10043Sun’iy intellekt tizimi bo‘lgan ChatGPT uch yil davomida 17 nafar shifokor aniqlay olmagan kasallikka tashxis qo‘ydi.
Amerikalik Aleks ismli bola to‘rt yoshda edi va u doimiy ravishda og‘riqdan aziyat cheka boshladi. Uning onasi Kortni yordam berish uchun o‘g‘liga har kuni og‘riq qoldiruvchi vositalar berib turardi. Bundan tashqari, bola tez-tez g‘azablanadigan bo‘lib qoldi. Keyinroq esa Aleks chap oyog‘ini ishlatishda qiyinchiliklarga duch keldi.
Ona va bolaning 3 yil davomida shifokorlarga qatnovlari bekor ketdi. Ular qabuliga borgan 17 nafar shifokorning birontasi ham bolada qanday kasallik borligini aniqlayolmadi. Keyinroq Aleksda kuzatilayotgan alomatlar va tekshiruv natijalari ChatGPT`ga joylandi. Tarmoq esa bolaga juda kam uchraydigan tashxisni qo‘ydi – orqa miya fiksatsiyalangan sindromi bilan kechuvchi umurtqa parchalinishi. Kasallik aniqlangandan so‘ng Kortni o‘g‘lini olib borgan neyroxirurglar ham ushbu tashxisni tasdiqladi.
Shundan so‘ng mutaxassislar jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. Hozirda bola shifokorlar nazoratida va tuzala boshlagan.
Eslatib o‘tamiz, San-Fransiskodagi Kaliforniya universiteti olimlari guruhi odamga muloqot qilish imkoniyatini qaytaruvchi neyroimplantni yaratdi.
LiveBarchasi