Charlz III ga toj kiydiriladigan sana ma’lum bo‘ldi
Olam
−
06 Oktabr 2022
3841Charlz III ning toj kiyish marosimi 2023 yil 3 iyun kuni Vestminster abbatligida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Bloomberg” Buyuk Britaniya hukumatidagi manbalarga tayanib, xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, kelasi yilning iyuniga kelib qirol 74 yoshga to‘ladi va u Britaniya tarixidagi eng keksa toj kiygan monarxga aylanadi.
Oldinroq toj kiyish marosimi avvalgi shunday tadbirlarga qaraganda oddiyroq bo‘lishi xabar qilingandi. Charlz III rafiqasi konsort-qirolicha Kamilla bilan birga toj kiyadi.
Mamlakatni 70 yildan ortiq boshqargan Buyuk Britaniya Qirolichasi Yelizaveta II joriy yilning 8 sentyabr kuni Shotlandiyada 96 yoshida vafot etdi. Valiahd shahzoda Charlz III nomini olib, Qirol bo‘ldi, uning rafiqasi Kamilla konsort-qirolicha maqomini oldi.
LiveBarchasi