Charlz III ning o‘limi haqidagi xabarlar feyk bo‘lib chiqdi
Olam
−
18 mart
6986Avvalroq ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda Buyuk Britaniya qiroli Charlz III ning o‘limi haqidagi xabarlar tarqalgandi. Bukingem saroyi bu xabarlarni rad etdi.
“Biz qirol o‘z ish vazifalarini bajarishda va shaxsiy ishlar bilan shug‘ullanishda davom etayotganini mamnuniyat bilan tasdiqlaymiz”, degan Bukingem saroyi vakili OAV so‘roviga javoban.
Buyuk Britaniyaning Moskvadagi elchixonasi ham qirolning o‘limi haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini bildirdi.
"Buyuk Britaniya qiroli Charlz III ning o‘limi haqidagi xabarlar feyk!" deyiladi diplomatik vakolatxonaning Telegram-kanalida.
Ma’lumot uchun, 26 yanvar kuni 75 yoshli Charlz III prostata bezi kattalashgani sababli rejalashtirilgan jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan. Fevral oyi boshida Bukingem saroyi bu muolaja davomida qirolga saraton tashxisi qo‘yilganini e’lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq mahalliy nashrlar Britaniya qiroli tojni merosxo‘ri shahzoda Uilyamga topshirish rejasini ishlab chiqayotgani va bu qirolning saroydan bosh olib ketgan kenja o‘g‘li shahzoda Garridan sir saqlanayotganini yozgandi. Taxt vorisi haqidagi qonunga ko‘ra, Charlzning to‘ng‘ich o‘g‘li, shahzoda Uilyam Buyuk Britaniyaning keyingi qiroli bo‘lishi kerak.
LiveBarchasi