Charlz III ilk bor qirol o‘laroq Amerikaga boradi
Olam
−
31 mart 1037 2 daqiqa
Joriy yilning aprel oyida Buyuk Britaniya qiroli Charlz III rafiqasi Kamilla bilan Oq uyga tashrif buyuradi. Bu haqda Bukingem saroyi xabar berdi.
“Zoti oliylari, qirol Charlz konsort qirolicha Kamilla bilan aprel oyining so‘nggi kunlarida rasman Oq uyga tashrif buyurishadi”, deyiladi qirollikning rasmiy bayonotida.
Bundan tashqari, qirol ortga qaytayotganda Britaniyaning Shimoliy Atlantikadagi Bermud orollariga ham kirib o‘tadi.
Bukingem saroyi qirolning AQSHga safari anchadan beri kutilayotgani, ammo Britaniya qirolligining tashabbusi bilan bo‘lib o‘tayotgan bu uchrashuv Erondagi urushlar ortidan zoti oliylarining shaxsiy xavfsizligini o‘ylab kechiktirib kelingani aytilgan.
Ushbu tashrif deyarli 20 yildan so‘ng Britaniya monarxining Qo‘shma Shtatlarga amalga oshirgan birinchi tashrifi hisoblanadi. Ingiliz monarxi so‘nggi tashrifini 2007 yilda bo‘lib o‘tgan edi. O‘shanda Charlzning onasi, marhum qirolicha Yelizavetta II AQSH Kongressida nutq so‘zlagan.
Norasmiy ma’nbalarga ko‘ra, qirol Oq uydagi rasmiy kechki ovqatda ishtirok etadi va ilk marotaba Kongressda nutq so‘zlaydi.
Bu yil AQSH o‘z mustaqilligining 250 yilligini nishonlaydi va bu tashrifning muhim yo‘nalishi bo‘ladi. Bukingem saroyi bu safar mamlakatlar o‘rtasidagi “tarixiy aloqalar va zamonaviy ikki tomonlama munosabatlarning yangi davrining nishonlanishi”ni ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning sentyabr oyida AQSH Prezidenti Donald Trampning Buyuk Britaniyaga davlat tashrifi bilan borgan edi.
Live
Barchasi