“Changmi yo tumanmi bu?” O‘zgidromet kecha tungi Toshkent havosiga izoh berdi

Bu qiziq

image

Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxt havosining o‘ta ifloslanishi bilan bog‘liq xabarlar tarqaldi.  Ushbu hodisaning quyuq chang yoki tuman ekani haqidagi taxminlar ham bildirildi. “O‘zgidromet” mazkur holatga izoh berdi.

Unga ko‘ra, O‘zbekistonda 12 yanvardan 16 yanvargacha yog‘ingarchilik bo‘ldi, havo namligi 90-100 foizga yetdi. Bunday holat esa tuman paydo bo‘lishi uchun qulaydir. Yomg‘irdan so‘ng namlangan tuproq va salbiy havo harorati tuman tushishi uchun qulay sharoitlarni saqlab turadi. Tuman hodisalari atrof-muhit ifloslanishi ko‘rsatkichlari yuqoriroq bo‘lishiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 

Toshkentda 16 yanvardan 18 yanvargacha kechasi va ertalabki soatlarda tuman tushishi kuzatilgan.

18 yanvar soat 09:00 dagi atmosfera havosi monitoringi avtomatik stansiyalari ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahrining atmosfera havosidagi PM10 dispersli zarrachalari va Uglerod oksidi CO (avtotransport va sanoat korxonalari chiqindilari) miqdori ruxsat etilgan  me’yordan oshmadi. PM2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori esa 44,6 mkg/m3 ni tashkil etib, JSST tavsiyalaridan (5 mkg/m3) 8,9 marta oshgan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Toshkent tuman

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing