Chakana savdo qoidalariga qator taqiqlar kiritiladi

Jamiyat

image

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Loyihaga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalariga quyidagi qo‘shimchalar kiritiladi:

•  Tovarlar, mahsulotlarni (xizmatlarni) yer osti yo‘llarida, ko‘priklarda, avtomobil yo‘llarining qatnov qismlarida, avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida cotish taqiqlanadi;

•  Tovarlar (mahsulotlar) va xizmatlarni bozorga kirish va chiqish yo‘laklarida, bozor hududidagi avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida sotish taqiqlanadi.

Ma’lumot uchun, mazkur qaror loyihasiga o‘zgartish kiritilishi yoki tasdiqlanmasligi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Chakana savdo

Baholaganlar

172

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar