Ikki kunlik chaqaloqni 2 ming dollarga pullamoqchi bo‘lganlar ushlandi

Jamiyat

image

Surxondaryo viloyati perinatal markazi Denov tumani bo‘limida ikki kunlik o‘g‘il chaqalog‘ini 2 ming dollarga sotayotgan S.A. viloyat ichki ishlar idorasi tezkor xodimlari tomonidan ushlandi.

Denov tumandagi Ostona mahallasida yashovchi S.A. tumandagi Yangihazarbog‘ mahallasilik Soliya Jo‘lliyeva va uning hamshira bo‘lib ishlaydigan singlisi Noliya Jo‘lliyevalar bilan oldindan til biriktirib, yangi tug‘ilgan chaqaloqni sotmoqchi bo‘lishgan. Ushbu holat bo‘yicha IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir tuzib chiqildi. Jinoyatchilar tadbirga jalb etilgan mijozga chaqaloqni pullayotgan paytda ashyoviy dalil bilan qo‘lga tushib qolgan. Ikki ming dollar tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi, 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

IIB

Baholaganlar

39

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing