Chaqalog‘ini ayovsiz kaltaklagan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

3-sahifa

image

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda bir ayol chaqalog‘ini uxlamagani uchun ayovsiz kaltaklagani akst etgan video tarqalgandi. Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi voqea qayerda va kim tomonidan sodir etilgani o‘rganilayotganini ma’lum qilgandi. 

Ushbu holat yuzasidan Samarqand IIB matbuot kotibi Jahongir Sagdullayev qo‘shimcha ma’lumot berdi. 

Aniqlanishicha, voqea joriy yilning 14 iyun kuni Samarqand viloyati Payariq tumanida sodir bo‘lgan. 

Tumanning “Boshqo‘rg‘on” MFYda turmush o‘rtog‘i bilan yashab kelayotgan 1988 yilda tavallud topgan, ruhiy sog‘lom ayol 2020 yilda tug‘ilgan farzandini davolatish uchun shifoxonaga olib borganda u yerda stress va asabiy holatda farzandini urgan. 

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi "a, v" bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

819

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing