Sexdagi yirik yong‘inda MAN va Damas yonib ketdi

Jamiyat

image

Kecha, 11 mart kuni Andijon viloyati Oltinko‘l tumani “Sadda” MFY hududida joylashgan “Ko‘makay orzusi” MCHJga qarashli lok-bo‘yoq mahsulotlarini ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda DYOXX Matbuot xizmati xabar berdi.

Yong‘in oqibatida 150 kv.metr maydonda bostirma, uning ostida bo‘lgan turli sig‘imlardagi yengil alangalanuvchi suyuqliklar (xomashyo) va tayyor loq-bo‘yoq mahsulotlari hamda sex hududida turgan MAN rusumli yuk mashinasi va Damas rusumli yengil avtomobil yongan.

Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Voqea joyiga 12 ta yong‘in o‘chirish ekipaji va 1 avtonarvon jalb etilgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘indan sexning 350 kv.metr maydoni saqlab qolingan.

Yong‘inning tahminiy sababi, loq-bo‘yoq mahsulotini ishlab chiqarishda foydalaniladigan “Nefras” yengil alangalanuvchi suyuqlikni MAN rusumli yuk avtomobili sig‘imidan 20 tonnalik sig‘imga to‘kish vaqtida hosil bo‘lgan statik elektr toki natijasida. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in tsex Andijon

Baholaganlar

66

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing