Byudjetdan 81,7 mlrd so‘m talon-toroj qilingani aniqlandi

Jamiyat

image

Joriy yilning birinchi yarim yilligida 81,7 millirad so‘m mablag‘lar maqsadsiz ishlatilib, talon-toroj qilingan. Bu haqda Moliya vazirligi xabar berdi.

Bildirilishicha, davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan 2020 yilning 1-yarim yilligida Ish reja, Hukumat va huquqni muhofaza qiluvchi organlarining topshiriqlari asosida 2 584 ta moliyaviy nazorati tadbirlari o‘tkazildi.

Moliyaviy nazorat tadbirlarining asosiy qismi 2010 tasi (79 foiz) byudjet mablag‘larini maqsadli ishlatilishi yuzasidan o‘tkazilgan bo‘lib, nazorat tadbirlarida 81,7 mlrd so‘m miqdorida byudjet intizomini buzish, pul va tovar moddiy boyliklar kamomadi kabi xolatlar aniqlandi.

Nazorat tadbirlari davomida ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida noqonuniy sarflangan mablag‘larning 57,4 mlrd.so‘mi (70 foiz) tegishli byudjetlarga tiklanishi ta’minlandi.

Hisobot davrida aniqlangan qonunbuzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklarning tahlili vazirliklar bo‘yicha quyidagilarni tashkil etdi:

Xalq ta’limi vazirligi tizimida o‘tkazilgan 297 ta nazorat tadbirlarining 235 tasida 21,5 mlrd so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2019 yilning mos davriga (9 mlrd so‘m) nisbatan qonunbuzilish holatlari 2,5 martaga oshgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida o‘tkazilgan 285 ta nazorat tadbirlarining 205 tasida 14,1 mlrd so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2019 yilning mos davriga (6,1 mlrd so‘m) nisbatan qonunbuzilish holatlari 2,3 martaga oshgan.

Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimida o‘tkazilgan 151 ta nazorat tadbirlarining 119 tasida 6,9 mlrd so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2019 yilning mos davriga (4,3 mlrd so‘m) nisbatan qonunbuzilish holatlari 1,4 martaga oshgan.

Madaniyat vazirligi tizimida o‘tkazilgan 170 ta nazorat tadbirlarining 162 tasida 2,6 mlrd so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2019 yilning mos davriga (1,4 mlrd so‘m) nisbatan qonunbuzilish holatlari qariyib 2 martaga oshgan.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimida o‘tkazilgan 168 ta nazorat tadbirlarining 154 tasida 2 mlrd so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2019 yilning mos davriga (0,5 mlrd so‘m) nisbatan qonunbuzilish holatlari 3,4 martaga oshgan.

Suv xo‘jaligi vazirligi tizimida o‘tkazilgan 33 ta nazorat tadbirlarining 29 tasida 1,4 mlrd so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tizimida o‘tkazilgan 18 ta nazorat tadbirlarining 15 tasida 0,9 mlrd so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2019 yilning mos davriga (0,4 mlrd so‘m) nisbatan qonunbuzilish holatlari 2 martaga oshgan.

Bundan tashqari, hokimiyatlar huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalarida o‘tkazilgan 85 ta nazorat tadbirlarining 78 tasida 4 mlrd so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2019 yilning mos davriga (2,8 mlrd so‘m) nisbatan qonunbuzilish holatlari 1,4 martaga oshgan.

Shuningdek, yirik miqdorda qonunbuzilish holatlari Andijon (8,9 mlrd so‘m), Qashqadaryo (8,2 mlrd so‘m), Toshkent (6,2 mlrd so‘m), Jizzax (5,5 mlrd so‘m), Surxondaryo (5,4 mlrd so‘m), Namangan (4,6 mlrd so‘m), Farg‘ona (4,4 mlrd so‘m) viloyatlari hamda Toshkent shahri (7,9 mlrd.so‘m) va Qoraqalpog‘iston Respublikasi (5,5 mlrd so‘m)dagi byudjetdan mablag‘ oluvchi tashkilotlarda aniqlangan.

Byudjet qonunchiligi buzilgan byudjetdan mablag‘ oluvchi tashkilotlarning 47 nafar rahbarlari va boshqa manbasdor shaxslari o‘rnatilgan tartibda 35 mln so‘m miqdorida jarima toritilgan.

Shuningdek, 1 246 ta nazorat tadbirlarida aniqlangan 79,4 mlrd so‘mlik qonunbuzilish holatlari qonuniy choralar ko‘rish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

byudjet

Baholaganlar

448

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing