Byudjet siyosatida jiddiy o‘zgarishlar kutilmoqda – Qo‘chqorov

Jamiyat

image

2020 yilda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning 5,5 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning 6,5 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning 4 foizga, kapital quyilmalar hajmining kamida 10 foizga, chakana savdo aylanmasining 5,6 foizga, xizmat ko‘rsatish hajmining 5,7 foizga o‘sishi prognoz qilingan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov bugun, 30 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma to‘rtinchi yalpi majlisida ma’lum qildi. 

Senat yalpi majlisida “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qo‘yilgan. Muhokama avvalida mamlakatning bosh hisobchisi Qo‘chqorov so‘z olib, davlat byudjeti loyihasi yuqoridagi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar parametlari asosida ishlab chiqilganini aytadi. 

Qayd etilishicha, 2020 yilda olib borilayotgan soliq islohotlarini davom ettirish bilan birga byudjet siyosatida ham jiddiy o‘zgarishlar nazarda tutilmoqda.

“Davlat byudjeti loyihasi, Sizlarga birinchi marta, Halqaro valyuta jamg‘armasi hamda boshqa xalqaro moliyaviy institutlar tomonidan taqdim etilgan ekspertlar bilan birgalikda jahon standartlariga mos ravishda ishlab chiqilgan qonun shaklida taqdim etildi.

Bundan ko‘zlanayotgan asosiy maqsad:

•    byudjetni qabul qilish va ijrosini ta’minlashda parlament nazoratini kuchaytirish;
•    byudjet intizomini mustahkamlash;
•    byudjet mablag‘laridan oqilona va samarali foydalanish;
•    byudjet ijrosi jarayonining ishtirokchilarining mas’uliyati va javobgarligini oshirishdir”, deydi vazir. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Jamshid Qo'chqorov

Baholaganlar

79

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing