Buzoqning yugurgani somonxonagacha. YTH joyidan “quyon” bo‘lgan haydovchi ushlandi
Jamiyat
−
06 aprel 2019
5283Kecha, 5 aprel kuni soat taxminan 2:35 da Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida Mercedes Benz va Matiz rusumli vatomobillar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.
YTH natijasida Matiz haydovchisi 67 yoshli S.S. va uning ikki yo‘lovchisi 22 yoshli U.J. hamda 36 yoshli A.P. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Qayd etilishicha, Mercedes Benz haydovchisi svetoforning taqiqlovchi belgisiga qaramay o‘tib ketgan va Matiz bilan to‘qnashgan.
Mercedes Benz haydovchisi YTH joyidan yashiringan. U na hodisa haqida huquq-tartibot organlariga xabar bergan, na jabrlanganlar uchun tez yordam chaqirgan.
Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida Mercedes Benz haydovchisi qo‘lga olingan. U Toshkent viloyatilik 33 yoshli Elyor M. bo‘lgan.