Bo‘zatov tumaniga tadbirkor hokim bo‘ldi
Jamiyat
−
07 mart 2022 8730 1 daqiqa
Bugun, 7 mart kuni Bo‘zatov tuman Xalq deputatlari kengashi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Jo‘qarg‘i Kengesi matbuot xizmati xabar berdi.
Yig‘ilishda tuman hokimi lavozimiga Kamal Allaniyazov tayinlandi.
Tayinlovga qadar Kamal Allaniyazov qishloq xo‘jaligi sohasida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan. U shu kunga qadar “Erkindaryo chorva” chorvachilik va dehqonchilikka ixtisoslashtirilgan mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.
2019 yildan shu vaqtga qadar Bo‘zatov tumani hokimi bo‘lgan Mahmud Kaypanov boshqa lavozimda ish boshlagan. Hozircha uning aynan qaysi lavozimga o‘tgani haqida qo‘shimcha ma’lumot berilmadi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025