Buyuk Britaniyada ukrainalik qochoqlar turar joy uchun kurashmoqda
Olam
−
25 fevral 2023
6348Britaniyalik uy egalari ukrainalik qochoqlarga “Ukraina uchun uylar” dasturi bo‘yicha turar joy taklif qilib, ularni bepul ishlashga undadi. Bu haqda Qizil Xoch jamiyatining yangi hisobotiga tayanib, “INews 24” xabar berdi.
“Ba’zi hollarda mezbonlar qochoqlar orqali pul topish maqsadida, masalan, uy yumushlari yoki oilaviy biznesda ishlab berishlaridan oldin ularning sayohati yoki turar joyi uchun pul to‘lagan”, deyiladi nashrda.
Shuningdek, inglizlar tashrif buyuruvchilarga ish va’da qilgan holatlar ham bo‘lgan, ammo keyinchalik bu ularning xususiy fermalarida va uylarida mehnatni ekpluatatsiya qilish bilan bog‘liqligi ma’lum bo‘lgan. Shu bilan birga, bolalar ham maktabga borish o‘rniga ishlashga da’vat etilmoqda.
“Ukrainadan Buyuk Britaniyaga ko‘chirilgan odamlarning ekspluatatsiya qilish xavfi kuzatilishi va zudlik bilan bartaraf etilishi kerak”, deb qo‘shimcha qilinadi Qizil Xoch hisobotida.
Aytish joizki, ukrainalik qochoqlarga nisbatan bunday munosabat tizimli emas, aksariyat hollarda britaniyaliklar ularga saxiylik bilan yondashadi.
Umida Muxtorbekova
LiveBarchasi