Buyuk Britaniyada so‘nggi o‘n yillikdagi eng yirik ish tashlash bo‘lib o‘tdi (video)
Olam
−
02 fevral 2023
7956Buyuk Britaniya aholisi mamlakatda narxlar oshib borayotgan bir paytda ish haqini oshirishni talab qilib, namoyish o‘tkazdi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 1 fevral kuni Buyuk Britaniyaning London shahrida taxminan 500 ming aholi kasaba uyushmalari tomonidan muvofiqlashtirilgan ommaviy ish tashlashlarda qatnashadi.
So‘nggi bir necha o‘n yillik ichida mamlakatdagi eng yirik mitingda Angliya, Uels va Shotlandiyaning bir nechta mintaqalaridagi maktab va universitet o‘qituvchilari, davlat xizmatchilari, muzey xodimlari, avtobus va poyezd haydovchilari ishtirok etgan. Ish tashlovchilar davlat idoralarini ish sharoitlarini yaxshilash va ish haqini inflyatsiya darajasiga qarab oshirishni talab qilgan.
“Buyuk Britaniya hukumati agar ish tashlash ishtirokchilarining talablariga javob bermasa va ularning ish haqini oshirmasa, hozirgidan ham kattaroq mitinglarga duch keladi”, deya ta’kidlagan Davlat va tijorat xizmatlari kasaba uyushmasi Bosh kotibi Mark Servotka.
Shuningdek, Servotka hozirgi paytda Buyuk Britaniyada ish tashlashlarda ishtirok etayotgan 50 mingga yaqin davlat xizmatchilari inqiroz sharoitida oziq-ovqat banklariga murojaat qilishlari mumkinligini hisobga olib, vaziyatni tezda hal qilish zarurligini ta’kidlagan.
LiveBarchasi