Buyuk Britaniyada minglab shifokorlar ish tashlashdi

Olam

image

Buyuk Britaniyada minglab shifokorlar maosh uchun ish tashlashdi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

Ish tashlash tufayli o‘n minglab operatsiyalar va jarrohlik amaliyotlari kechiktiriladi. Shifokorlar yashash xarajatlarini qoplash uchun ish haqini oshirishni talab qilmoqda.

Kasaba uyushmalari, ayniqsa, davlat sektorida ish haqi so‘nggi o‘n yil ichida real ko‘rinishda pasayganini va 2022 yil oxiri va 2023 yil boshida ikki xonali inflyatsiya, oziq-ovqat va energiya narxlarining ko‘tarilishi oqibatida ko‘plab ishchilar to‘lovlarni to‘lashda qiynalayotganini bildirmoqda.

Kasaba uyushmasiga ko‘ra, shifokorlar soatiga 15,53 funt (19,37 dollar) maosh oladi (Buyuk Britaniyada eng kam ish haqi soatiga 10 funt sterlingdan sal ko‘proq), garchi ishning birinchi yilidan keyin maoshlar tez ko‘tariladi.

Hukumat o‘tgan yili shifokorlar maoshini 8,8 foizga oshirdi, biroq kasaba uyushmasi bu yetarli emas deb hisoblashadi, chunki 2008 yildan beri kichik shifokorlar maoshi chorakdan ko‘proqqa qisqartirilgan.

Hukumat esa shifokorlar ish tashlashni tugatmaguncha boshqa muzokaralar olib bormasligini aytmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya shifokorlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing