Buyuk Britaniyada “buyuk xavotir”: oziq-ovqat taqchilligi yuzaga kelishi mumkin

Olam

image

Buyuk Britaniya supermarketlari boshqa davlatlardan yangi meva va sabzavotlarni samolyotda olib kelishni boshladi. Supermarketlar va mahsulotlarni yetkazib beruvchilar yaqin kunlarda qirollikda taqchillik yuzaga kelishidan xavotirda. Bu haqda "The Guardian" xabar bergan.

Qayd etilishicha, bu muammo Britaniyada koronavirusning yangi turi tarqalgani ortidan Fransiya bilan chegaralar yopilishi sabab kelib chiqqan. Ikki mamlakat chegarasida mahsulotlar Britaniyaga o‘tkazilmay qolib ketgan. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, ular yanvar oyidan oldin o‘tkazilmaydi.

Nashrning yozishicha, Britaniyadagi supermarketlardan biri (nomi aytilmagan) allaqachon meva va sabzavotlarni Ispaniya va Afrikaning shimolidan samolyot orqali olib kelishni boshlagan. 

Kecha, 23 dekabr kuni esa “Lufthansa” aviakompaniyasi Frankfurtdan 80 tonna oziq-ovqat mahsulotlari keltirgan. Ular orasida ko‘katlar, pomidor, gulkaram, brokkoli, marul, qulupnay va sitrus mevalar bo‘lgan. Mahsulotlar bir nechta tarmoqlar, jumladan, Tesco, Aldi va Sainsbury`s talabiga binoan keltirilgan. 

Nashrga ko‘ra, Britaniyadagi boshqa bir qator aviakompaniyalar ham chet mamlakatlardan mahsulotlar keltirmoqda. 

Avvalroq, koronavirusning yangi turi sentyabr oyida Buyuk Britaniyada paydo bo‘lib, noyabr oyining o‘rtalarida faol tarqalishni boshlagani haqida xabar bergan edik. 

Shundan so‘ng Buyuk Britaniya Hukumati yangi cheklovlar o‘rnatilishini e’lon qildi. Ko‘rilayotgan choralar fonida London aholisi shahar tashqarisiga chiqib ketishga harakat qilib, temir yo‘l stansiyalarida to‘plangan. Shuningdek, bir qancha davlatlar yangi turdagi koronavirus qo‘rquvi sabab Buyuk Britaniya bilan aviareyslarni to‘xtatgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

92

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing