Buyuk Britaniya Ukrainaga Qrim tuzilmalarini qo‘llab-quvvatlash uchun pul ajratdi

Olam

image

Buyuk Britaniya Ukrainaga Xerson viloyatida joylashgan Qrim ma’muriy tuzilmalarini qo‘llab-quvvatlash uchun pul berdi. Bu haqda elchixona saytida aytilgan.

Ukrainaga Buyuk Britaniya tomonidan 168 ming funt ajratiladi. Elchixonaning xabarida aytilishicha, shu tariqa Britaniya tomoni “Qrim noqonuniy anneksiyasining yetti yilligi kuni”da Kiyevni qo‘llab-quvvatlamoqchi.

“Buyuk Britaniya Qrimda yashovchi ukrainaliklar uchun hayotni saqlab qolish xizmatlaridan foydalanishni yengillashtirish bo‘yicha yangi loyihani moliyalashtirish to‘g‘risida e’lon qiladi. Buyuk Britaniya ushbu loyiha uchun Qrimning qo‘shni Xerson viloyatidagi mahalliy ma’muriy tuzilmalarni qo‘llab-quvvatlash uchun 168 ming funt sterling ajratdi, shu tufayli yordamga muhtojlar mahalliy kasalxonalarga tashrif buyurib, Ukraina pasportlarini olishlari mumkin”, deyiladi xabarda.

Kecha, 19 fevral kuni Ukraina Tashqi ishlar vazirligi xalqaro hamjamiyatni Donbass va Qrimdagi “tajovuzkor harakatlar” sababli Rossiyaga qarshi siyosiy hamda sanksiya bosimini kuchaytirishga chaqirdi. Vazirlik Rossiyani “tajovuzni to‘xtatishga”, xalqaro huquq maydoniga qaytishga va ”vaqtincha bosib olingan hududlarni ozod qilishga” chaqirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

88

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing