Buyuk Britaniya Ukrainaga 10 ming dron yetkazib beradi
Olam
−
08 mart
4405Buyuk Britaniya Ukraina Qurolli kuchlariga 10 mingdan ortiq dron yetkazib beradi. Bu haqda kecha, 7 mart kuni mamlakat Mudofaa vaziri Grant Shapps Kiyevga tashrifi chog‘ida ma’lum qildi.
“Dronlarning aksariyati razvedka uchun ishlatiladi, biroq yetkazib berish dengiz va hujumchi uchuvchisiz transport vositalarini ham o‘z ichiga oladi”, deydi u.
Vazirga ko‘ra, Birlashgan Qirollik Ukrainaga 325 million funt sterling miqdoridagi harbiy yordam paketi doirasida dronlarni sovg‘a qiladi.
"Men Ukrainani to‘g‘ridan-to‘g‘ri Buyuk Britaniyaning yetakchi mudofaa sanoatidan olingan eng so‘nggi uchuvchisiz samolyotlar bilan qurollantirish bo‘yicha majburiyatimizni mustahkamlayman – to‘g‘ridan-to‘g‘ri zavod maydonchasidan to frontgacha. Men xalqaro hamkorlarni Buyuk Britaniyaga bu harakatda qo‘shilishga undayman", deydi Shapps.
Harbiy ekspertlarning fikricha, uchuvchisiz samolyotlar Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida asosiy rol o‘ynay boshladi. Fevral oyi boshida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatda maxsus uchuvchisiz tizimlar qo‘shinini yaratishga buyruq bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yaqin kelajakda juda aniq natija berishi kera, chunki dronlar yerdagi, osmondagi va dengizdagi janglarda o‘z samaradorligini isbotlagan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Buyuk Britaniya kelasi yil davomida o‘q-dorilarni sotib olish va uni ishlab chiqarish uchun ta’minot zanjirlarini kuchaytirish maqsadida Ukrainaga 245 million funt sterling (taxminan 311 million dollar) yordam paketini taqdim etishi ma’lum qilingandi.
LiveBarchasi