Buyuk Britaniya iqtisodi 23 yilda antirekord o‘rnatdi

Olam 4276
image

Buyuk Britaniya yalpi ichki mahsulotining aprel oyida pasayishi, koronavirusning pandemiyasi tufayli mamlakatda joriy etilgan karantin fonida rekord darajada – 20,4 foizni tashkil etdi. Bu haqda Birlashgan Qirollikning milliy statistika idorasi ma’lum qildi.

"Bir oy ichida yalpi ichki mahsulotning pasayishi 20,4 foizni tashkil etdi. Bu 1997 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi. Ushbu ko‘rsatkich xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqarish va qurilish sohalarida faoliyatni to‘xtatib qo‘yishning rekord darajadagi va keng hajmini aks ettiradi", deyiladi idora tomonidan taqdim etilgan hujjatda.

Ta’kidlanishicha, uch oy ichida – fevraldan aprelgacha iqtisodiy rivojlanish sur’atlarining pasayishi 10,4 foizni tashkil etdi. Qurilish sohasida pasayish 18,2 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 9,5 foizga, xizmatlar 9,9 foizga pasaydi. Mehmonxonalar va restoranlar, o‘quv yurtlari, avtomobil ishlab chiqaruvchilar va ularning savdosi kabi sohalari jiddiy moliyaviy zarba oldi.

"Pandemiya Buyuk Britaniyaning dunyo bo‘yicha savdosiga juda salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Avtomobillar, yoqilg‘i, san’at mahsulaotlari va kiyim-kechaklarning ham importi, ham eksporti sezilarli darajada pasaydi", deyiladi xabarda.

Sarvar Anvar o‘g‘li
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 56
Reyting: 3.1
t
×