Buyuk Britaniya G7 sammitida Ukrainaga 300 mln dollardan ortiq mablag‘ ajratadi
Olam
−
13 iyun
2615Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak Italiyada bo‘lib o‘tadigan G7 sammitida Kiyevning shoshilinch gumanitar, energiya va barqarorlik ehtiyojlarini qo‘llab-quvvatlash uchun Ukrainaga 242 million funt sterling (taxminan 309 million dollar) ajratmoqchi. Bu haqda Buyuk Britaniya hukumatining rasmiy bayonotida ma’lum qilindi.
“Ushbu moliyalashtirish Buyuk Britaniyaning Ukraina bilan davom etayotgan xalqaro birdamligini va Rossiya tajovuzkorligi natijasida yuzaga kelgan shoshilinch ehtiyojlarga nisbatan moslashuvchanligimizni namoyish etadi”, deyiladi bayonotda.
Shuningdek, Rossiyaning o‘qqa tutishidan jabr ko‘rgan Ukrainaning energetika infratuzilmasini qo‘llab-quvvatlash muhimligini ham ta’kidlab o‘tilgan. Bildirilishicha, Sunak hukumatining G7 sammitidagi ustuvor vazifasi hamkorlar bilan Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun muzlatilgan Rossiya aktivlaridan qanday foydalanishni kelishib olishdan iborat.
“Le Monde” gazetasining yozishicha, G7 davlatlari Rossiyaning muzlatilgan aktivlari hisobiga Ukrainaga 50 milliard dollar ajratishga kelishib olgan. Taxminlarga ko‘ra, Kiyevga bu pullar kreditga beriladi va Ukraina uni Rossiya Markaziy bankining G‘arb mamlakatlarida joylashgan aktivlaridan o‘tkazilgan foizlar hisobidan to‘laydi.
LiveBarchasi