Buyuk Britaniya Erondan Akbariy uchun qasos olmoqchi

Olam

image

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak Eron Islom Respublikasi ikki fuqarolik (Ern va Buyuk Britaniya fuqaroligi)ni olgan sobiq Mudofaa vazirining sobiq maslahatchisi Alirizo Akbariyning qatl etilishini shafqatsizlik va qo‘rqoqlik deb atadi. 

“Eronda Britaniya va Eron fuqarosi Alirizo Akbariyning qatl etilishidan hayratdaman. Bu o‘z xalqining inson huquqlarini hurmat qilmaydigan vahshiy rejim tomonidan amalga oshirilgan shafqatsizlik va qo‘rqoqlik harakatidir”,  deb yozdi Britaniya hukumatlari rahbari Twitter’da. 

Shundan so‘ng Britaniya Tashqi ishlar vaziri Jeyms Kleverli Eronning Buyuk Britaniyadagi Muvaqqat ishlar vakilini Tashqi ishlar vazirligiga chaqirishni buyurdi. 

“Britaniya va Eron fuqarosi Alirizo Akbariyning qatl etilishi eng qattiq qoralashga loyiq vahshiylikdir. Eron rejimi siyosiy sabablarga ko‘ra bu harakatini amalga oshirish bilan yana bir bor inson hayotini butunlay mensimasligini ko‘rsatdi”, deydi Kleverli.

TIV qirollikning Tehrondagi elchisini maslahatlashuvlar uchun chaqirib oldi. Vazir Kleverli aytganidek, London Tehron tomon boshqa qadamlarni ham ko‘rib chiqmoqda. 

Shu kunning o‘zida Britaniya hukumati Eron Bosh prokurori Muhammad Jafar Montazeriyga nisbatan sanksiyalar joriy qildi. 

“Buyuk Britaniya Eron Bosh prokuroriga qarshi sanksiyalar joriy qildi. Bugun qabul qilingan harakat Alirizo Akbariyning qatl etilishidan g‘azablanganimizni aks ettiradi. Bosh prokuror Eronda o‘lim jazosini qo‘llash uchun birinchi navbatda javobgardir. Biz rejimni inson huquqlarini dahshatli tarzda buzganliklari uchun javobgarlikka tortamiz”, deydi Tashqi ishlar vaziri.

Eslatib o‘tamiz, Eron adliyasi Islom Respublikasi sobiq Mudofaa vaziri Ali Shamxaniyning sobiq maslahatchisi (1997–2005) Alirizo Akbariyga nisbatan o‘lim jazosini ijro etdi. Ularga ko‘ra, Akbariy Buyuk Britaniya foydasiga josuslik qilish, shuningdek, korrupsiyada aybdor deb topilgan. Shu bilan birga, Akbariyning o‘zi ham o‘ziga qo‘yilgan barcha ayblovlarni inkor etib, ular asossiz ekanini ta’kidlagan.

Shuningdek, BBC radioeshittirish korporatsiyasining fors tilidagi nashri sobiq amaldor taxminan o‘n oy oldin hibsga olingani, hibsda qiynoqqa solinganini da’vo qilgan edi. Yaqinda Buyuk Britaniya Eron hukumatini Akbariyni qatl qilmaslikka chaqirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Buyuk Britaniya Alirizo Akbariy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing