Buyuk Britaniya Afg‘oniston masalasida O‘zbekistonni qo‘llashga tayyor

Jamiyat 2957
image

Xavfsizlik bo‘yicha Myunxen konferensiyasida ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Mudofaa vaziri Gevin Aleksandr Uilyamson bilan uchrashdi. 

Uchrashuvda O‘zbekiston-Buyuk Britaniya aloqalari holati va kengaytirish istiqbollari, ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar, jumladan, hozirgi xatar va xavfsizlikka tahdidlar bilan kurashish masalalari muhokama qilindi. 

Gevin Aleksandr Uilyamson harbiy sohadagi O‘zbekiston-Buyuk Britaniya hamkorligi darajasini ijobiy baholar ekan, Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligining ushbu sohada aloqalarni rivojlantirishga qiziqish bildirdi. Britaniya tomoni O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tizimidagi islohotlar jarayoniga, jumladan, Qurolli kuchlarni takomillashtirish va harbiy xizmatchilar malakasini oshirishga yordam ko‘rsatishga tayyorligi ma’lum qilindi. 

Afg‘onistondagi vaziyat rivojlanishiga alohida e’tibor qaratildi. Britan vaziri rasmiy London tomonidan 2018 yil mart oyida Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasining natijalarini qo‘llab-quvvatlanishini ta’kidladi. Ushbu tadbirda xalqaro hamjamiyatda Afg‘onistonda tinch siyosiy jarayonni boshlashga yordam berish zarurligi to‘g‘risida umumiy fikrga erishilgan edi. 

Bundan tashqari, Gevin Aleksandr Uilyamson Afg‘oniston bo‘yicha O‘zbekiston-Buyuk Britaniya maslahatlashuvlarini ikki tomonlama munosabatlarning muhim mexanizmi deb atadi va Buyuk Britaniyaning ushbu yo‘nalishda yanada yaqin hamkorlik qilishga tayyorligini qayd etdi. 

Uchrashuvda O‘zbekistonning Afg‘onistonda ilgari surgan yirik ijtimoiy-iqtisodiy va infratuzilma loyihalari tashabbuslarini Britaniya tomoni qo‘llab-quvvatlashi yuzasidan ham fikr almashildi.  
 

Qalampir.uz Tahririyati
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 39
Reyting: 3.1
Будьте в курсе событий!
×
×