Buyuk Britaniya 86 jismoniy va yuridik shaxsga sanksiya kiritdi (ro‘yxat)

Olam

image

Buyuk Britaniya bugun, 19 may kuni Rossiyaning urushni moliyalashtirish va olib borish qobiliyatiga aloqador biznes va jismoniy shaxslariga qarshi sanksiyalarning yangi ro‘yxatini e’lon qildi. Bu safar Rossiyaning 86 ta energetika, metallurgiya, mudofaa, transport va moliya sohalariga aloqador shaxslari va tashkilotlari nishonga olindi. Ro‘yxat Buyuk Britaniya hukumatining saytiga joylashtirildi. 

“Qora ro‘yxat”dan, shuningdek, Ukraina g‘allasini o‘g‘irlashga oid va Rossiya energiyasini yetkazib berish bilan shug‘ullanadigan kompaniyalar joy olgan. Rosatomga aloqador, ilg‘or materiallar va texnologiyalar, jumladan, lazerlarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ham sanksiyalar ro‘yxatiga kiritildi.

Ushbu yangi sanksiyalar Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak Yaponiyadagi G7 sammitida hamkasblari bilan uchrashib, Ukraina mudofaasini uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlash va Rossiyaning zararli faoliyatiga qarshi birgalikda harakat qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazayotgan paytda ommaga ochiqlandi.

Rus olmoslari va metallarini import qilishning yangi taqiqlari orqali Buyuk Britaniya xalqaro hamkorlar bilan Rossiyaning noqonuniy urush olib borish qobiliyatini yanada cheklash, iqtisodiy bosimni oshirish va Ukraina g‘alaba qozonmaguncha aylanib o‘tishning barcha paydo bo‘lgan shakllariga qarshi kurashishni nazarda tutgan.

Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Jeyms Kleverli yangi sanksiyalar haqida gapirar ekan, Buyuk Britaniya Ukrainani oxirigacha qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlagan.

“Rossiya Ukrainada yetkazgan zararni to‘lashga rozi bo‘lgunga qadar Rossiyaning suveren aktivlari muzlatilgan holda qoladi. Putin va uning tarafdorlari Ukrainaga noqonuniy bostirib kirishlari uchun badal to‘lashlari kerak va, albatta, to‘laydilar. Shu sababli bugungi yangi sanksiyalar orqali biz Putinga iqtisodiy bosimni kuchaytirmoqdamiz – uning noqonuniy urush olib borishini va begunoh ukrainaliklarga cheksiz azob-uqubatlarni keltirishini qiyinlashtirmoqdamiz. Ukrainani qo‘llab-quvvatlashimizga qancha vaqt kerak bo‘lsa, unga qadar [cheklovlar] qat’iy bo‘lib qolaveradi”, degan Jeyms Kleverli.

Quyida Rossiyaning 3 yo‘nalishi, ya’ni energetika, metall sanoati va transportidagi kompaniyalar nomlari keltirilgan.

Energetika

Buyuk Britaniya Rossiyaning energetika sektoriga qarshi yangi choralar ko‘rmoqda – Rossiyaning ko‘mir, neft va suyultirilgan gaz importini taqiqlash asosida Rosatom atom energetika kompaniyasiga aloqador 9 tashkilot nomi sanksiyalar ro‘yxatiga tushdi. 

Uglerod tolasi asosida harbiy maqsadlarda foydalanish mumkin bo‘lgan kompozit materiallar ishlab chiqaradigan UMATEX, tank shassilariga, samolyotdagilar ko‘zini qamashtirishga va aniq qurollarni buzish uchun o‘rnatilgan TRINITI lazerlari ishlab chiqaruvchi kompaniyalar, shular jumlasidan.
Zaporoje AES rahbari Oleg Romanenko, Rossiya hukumati, Zaporoje atom elektr stansiyasining ekspluatatsion tashkiloti, “Gazprom-neft” direktorlar kengashining 13 nafar a’zosi va “Transneft” direktorlar kengashining 5 nafar a’zosi bilan til biriktirgan Zaporoje atom elektr stansiyasining yetakchi xodimi ham sanksiyalar ostida qolmoqda. 

Metall sanoati

Rossiya mis kompaniyasiga egalik qiluvchi milliarder oligarx Igor Altushkinga ham sanksiya qo‘llanildi. 
Rossiyada metall ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan yana 8 kompaniya “qora ro‘yxat”dan o‘rin olgan va Buyuk Britaniya Rossiya metallari, jumladan, alyuminiy, nikel va mis importini ham taqiqlashini e’lon qildi.

Transport

Rossiyaning transport xizmatlariga aloqador 24 nafar jismoniy va yuridik shaxsiga ham sanksiya qo‘yilgan.
Bunga Ukraina donini muntazam ravishda o‘g‘irlash bilan bog‘liq bo‘lgan PAWELL SHIPPING CO LLP, Davlat don korporatsiyasi (GZO) va ularning direktori Nikita Busel kiradi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu don va boshqa qishloq xo‘jaligi tovarlari Ukrainaning vaqtincha bosib olingan hududlaridagi omborlar va dalalardan o‘g‘irlangan va Rossiya tovar belgisi bilan Zaporojedan boshqa hududlarga jo‘natilgan.
Putinning urush davridagi iqtisodini qo‘llab-quvvatlagan va qo‘llab-quvvatlashda davom etayotgan oltita yirik rus kemasozlik kompaniyasi ham sanksiyalar ro‘yxatiga kiritildi.

Ibrohimjon G‘afforov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya Buyuk Britaniya sanktsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing