Traktor bo‘laklarga bo‘linib ketdi. Surxondaryoda halokatli YTH sodir bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning 3 may kuni Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida Captiva va “T-28” rusumli traktor ishtirokida avtohalokat yuz berdi. Oqibatda bir kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati xabar bermoqda.

Mudhish hodisa shu kuni 16:30 da tumanning "Arslonboyli" mahallasidan o‘tuvchi yo‘lda yuz beradi. 73 yoshli fuqaro B.Sh. Captiva rusumli avtoulovi bilan harakatlanib kelayotganida boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi tomondan kelayotgan 34 yoshli fuqaro A.J.ning boshqaruvidagi “T-28” rusumli traktor yo‘liga chiqib ketadi va yo‘l transport hodisasini sodir etadi.

Oqibatda "T-28” rusumli traktor yo‘lovchisi voyaga yetmagan 7-sinf o‘quvchisi 13 yoshli Sh.J. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqiziladi. Afsuski, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, bolakay kecha, 7 may kuni shifoxonada vafot etdi.

“Mazkur holat yuzasidan Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Qumqo'rg'on

Baholaganlar

719

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing