Butun dunyoda hamshiralar taqchilligi kuzatilyapti – JSST

Olam

image

Koronavirus pandemiyasi sabab yer yuzida deyarli olti million hamshira yetishmaydi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’ruzasida keltirilgan.

Ayni vaqtda butun dunyo sog‘liqni saqlash tizimida 28 million nafar hamshira xodimlar xizmat ko‘rsatmoqda. Bu raqamlar 2013 yildan 2016 yigacha bo‘lgan davr oralig‘ida 4,7 million kishiga o‘zgargan. Shunday bo‘lsada, hamshiralar taqchilligi hamon saqlanib turibdi.

“Butun dunyo sog‘liqni saqlash tizimida 5 million 900 ming nafar hamshira yetishmayapti”, deyiladi JSST ma’ruzasida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu holat Afrika, Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlarida yaqqol namoyon bo‘lmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

JSST hamshira

Baholaganlar

95

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing