Butun dunyo tashvishlarini bir so‘z bilan “urush” deb atasa bo‘ladi – Estoniya Bosh vaziri

Olam

image

Estoniya va butun dunyo tashvishlarini bir so‘z bilan “urush” deb ifodalash mumkin. Bu haqda Estoniya Bosh vaziri Kaja Kallas Estoniya Respublikasining 106 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda so‘z ochdi.

Bosh vazirga ko‘ra, Ukraina-Rossiya mojarosining cho‘zilishi Putin manfaatlariga xizmat qilishi aniq, Ukraina tarafdorlari orasida ziddiyat avj olmoqda va bu siyosatchilar orasida ham, turli mamlakatlar aholisi orasida ham sezilmoqda.

“Xalqimiz kiyimini, hatto oxirgi pulini ham ukrainaliklarga berganini eshitsangiz, amin bo‘lasizki, aslida gap kiyimda emas, oxirgi tiyinda ham emas. Bu befarqlik va ksenofobiyani qo‘zg‘atish bilan bog‘liq ”, deydi Bosh vazir.

 Kallas Ukraina Prezidenti mojaro boshlanganidan beri G‘arb davlatlaridan, jumladan Estoniyadan ham yordam va birdamlik so‘raganini eslatdi.  

“U bizdan qon to‘kishimizni yoki hayotimizni xavf ostiga qo‘yishimizni so‘ramadi. Shunchaki, ba’zi ko‘ngilxushliklardan voz kechishga chaqirdi. Ukraina rahbari Rossiya vaqti kelib bizning tinchligimizni ham buzishiga jur’at etmasligi uchun  doim ogohlikka chaqirdi. Biz nima qilish kerakligini aniq bilamiz va buni qilyapmiz. Dunyo faqat yorqin daqiqalardan iborat emas, balki ko‘plab muammolar mavjud,”, deya xulosa qildi hukumat rahbari.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Estoniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing