Bo‘stonliq tumaniga kirish vaqtincha cheklandi

Jamiyat

image

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida dezinfeksiyalash ishlari olib borilishi sababli hudud bu yerda ro‘yxatda turmaydigan fuqarolar uchun yopildi.

“Respublikamizda koronavirusga qarshi olib borilayotgan choralar doirasida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida transport vositalari harakati vaqtincha cheklanganligini va dam olish maskanlarida dezinfeksiyalash ishlari boshlanganligini ma’lum qilamiz.
 
Toshkent viloyati IIBB barcha fuqarolardan maxsus profilaktik tadbirlar tugaguniga qadar Bo‘stonliq tumaniga bormasliklarini hamda yuzaga kelgan vaziyatni to‘g‘ri baholashlarini so‘rab qoladi”, deyiladi Toshkent viloyati IIB Matbuot xizmati xabarida.

Qayd etilishicha, Bo‘stonliq tumani hududida harakatlanishga faqatgina shu joyda ro‘yxatda turuvchi mahalliy aholiga ruxsat etiladi.

Eslatib ўтамиз, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda ushbu virusni yuqtirib olganlar 46 nafarga yetdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus Bo'stonlik

Baholaganlar

105

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing