Bo‘stonliqdagi yong‘in deyarli 6,5 soatda o‘chirildi

3-sahifa

image

Avvalroq, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida 2 gektar yerdagi quruq o‘t olov ichida qolgani xabar qilingandi. Yong‘in yong‘in-qutqaruv ekipajlari qutqaruvchilari hamda tegishli tashkilotlar xodimlari tomonidan deyarli 6,5 soatda o‘chirildi. Bu haqda Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum qildi.  

Bildirilishicha, bugun, 24 iyul kuni soat 11:16 da Toshkent viloyati FVBga, Bo‘stonliq tumani “Xo‘jakent” MFY tog‘li hududida tahminan 2 gektar maydonda quruq o‘t va shox-shabbalar yonayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Xabarga asosan, FVVning yong‘in-qutqaruv ekipajlari qutqaruvchilari hamda tegishli tashkilotlar xodimlari voqea joyiga 11:30 da yetib borishgan. 

Ushbu yong‘inni bartaraf qilish uchun yetarli kuch va vositalar, xususan, vertolyot ham jalb qilingan. 

Yong‘in soat 12:30 da qurshab olinib, 17:57 da o‘chirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatida joylashgan davlat qo‘riqxonasida yong‘in chiqqani va u deyarli 9 soatda o‘chirilgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Bo'stonliq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing