Bo‘stonliqda 2 gektar maydon yonmoqda. O‘tni o‘chirishga vertolyot jalb qilingan
3-sahifa
−
24 iyul 2025 6796 1 daqiqa
Bugun, 24 iyul kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida 2 gektar yerdagi quruq o‘t olov ichida qoldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 11:16 da Bo‘stonliq tumani “Xo‘jakent” MFY tog‘li hududida tahminan 2 gektar maydonda quruq o‘t va shox-shabbalar yonayotgani to‘g‘risida boshqarmaga xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, FVVning yong‘in-qutqaruv ekipaj qutqaruvchilari hamda tegishli tashkilotlar xodimlari voqea joyiga 11:30 da yetib borgan. Ayni vaqtda yong‘in bartaraf qilinmoqda. Ushbu yong‘inni bartaraf qilish uchun yetarli kuch va vositalar jalb qilingan. Tahririyatimizga yetib kelgan videolarda esa yong‘inni bartaraf etish uchun vertolyotlar ham jalb qilinganini ko‘rish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatida joylashgan davlat qo‘riqxonasida yong‘in chiqqani va u deyarli 9 soatda o‘chirilgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi