Bo‘stonliqda 10 yanvargacha transport harakati bir tomonlama tashkil etiladi

Jamiyat

photo_2024-01-02_09-17-00

1 yanvardan 10 yanvarga qadar Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi Chimyon tog‘laridagi dam olish maskanlariga avtomobillar harakati bir tomonlama tashkil etiladi. Bu haqda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (YHXX) ma’lum qildi.

Bir tomonlama harakat 4R12 "Toshkent — Chorvoq" va 4R6 "Toshkent — Chirchiq — Chimyon" (G‘azalkentdan keyin, “Amirsoy”, "Chimyon" va "Bildirsoy" dam olish maskanlariga olib boruvchi) kesishmasidan 4R6 va 4R10 yo‘llari kesishmasigacha (Yusufxona) tashkil etilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 4R10 yo‘li bo‘ylab Chorvoq suv ombori yonidagi dam olish maskanlaridan Yusufxona chorrahasiga qaytish mumkin.
Yo‘llarda tegishli belgilar o‘rnatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Chimyon Bo'stonliq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing