Bo‘ston tumaniga tadbirkor ayol hokim bo‘ldi
Jamiyat
−
24 avgust 2021
7100Bugun, 24 avgust kuni Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
Sessiyada Andijon viloyati Bo‘ston tumani hokimi lavozimiga Sanobarxon Abdinabiyevna Nosirova tayinlandi.
Sanobarxon Abdinabiyevna Nosirova 1970 yilda Qo‘rg‘ontepa tumanida tug‘ilgan. 1992 yilda Andijon paxtachilik institutini hamda 2005 yilda Andijon muhandislik va iqtisodiyot institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1992 yili Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani Savoy qishloq xo‘jalik texnikumida o‘qituvchilikdan boshlagan.
1995-2008 yillarda “G‘allabank”ning Qo‘rg‘ontepa tumani filialida kassir, bosh hisobchi, boshqaruvchi vazifalarida ishlagan.
2008-2012 yillarda Qo‘rg‘ontepa tumani “Buyuk turon invest” kredit uyushmasining ijrochi direktori lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
2016 yildan tayinlovga qadar Sanobarxon Abdinabiyevna Nosirova Qo‘rg‘ontepa tumani “El rizqi non” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari bo‘lgan.
LiveBarchasi