Bo‘rijardan 73 yoshli erkakning jasadi topildi

3-sahifa

image

Kecha, 9 avgust kuni Toshkentdagi kanaldan 73 yoshli erkakning jasadi topildi. Bu haqda Toshkent shahar prokuraturasi QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, soat 15:30 larda Chilonzor tuman IIO Fuqarolarni muvofiqlashtirish boshqarmasiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, Toshkent shahar Seul ko‘chasi bo‘ylab oqib o‘tuvchi Bo‘rijar kanalining qirg‘og‘idan 1951 yilda tug‘ilgan Sh.A.ning jasadi tan jarohatlarisiz topilgan.

Keyinroq joriy yilning 4 avgust kuni Sh.A.ning  Shayxontohur tumanidagi yashash xonadonidan noma’lum tomonga chiqib ketganligi haqida oila a’zolari tomonidan Shayxontohur tuman IIO FMBga xabar berilganligi aniqlangan.

“Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi ma’lumotnomada.

Eslatib o‘tamiz, 19 iyun kuni Bo‘rijar kanalidan 20 yoshli yigitning o‘ligi topilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

jasad Bo'rijar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made