Prezident Bo‘rijarda cho‘kayotgan qizchalarni qutqarib, o‘zi halok bo‘lgan fuqaroni mukofotladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 5 may kuni Toshkentning Bo‘rijar kanaliga ikki qiz tushib ketgani va ularni qutqarishga kanalga tushgan 43 yoshli Abdumannop Samiqov cho‘kib ketgandi va halok bo‘lgandi. Ushbu marhum fuqaro va qizaloqlarni qutqarishda jonbozlik ko‘rsatgan “Bo‘rijar” sport majmuasi ishchisi Nurmuhammad Mamasaliyev “Jasorat” medali bilan mukofotlandi. Bu haqda bugun, 3 iyun kuni Prezident farmoni imzolandi.

Qayd etilishicha, Davlat rahbari bu jasorat tarixini yuragiga yaqin olib, avvalo, marhumning rafiqasi va farzandlariga hamdardlik bildirdi.

“Yakkasaroy tumanida yashovchi ikki nafar qizaloq kanalga tushib ketdi. Buni ko‘rgan mard va jasur vatandoshimiz Abdumannop Samiqov o‘zini suvga tashlab, norasidalar hayotini saqlab qoldi. Lekin, afsuski, baxtsiz hodisa ro‘y berdi – bu ezgulik yo‘lida uning o‘zi qahramonlarcha halok bo‘ldi.

Ma’lum bo‘lishicha, bu fidoyilik bejiz emas – Abdumannop Samiqov hamisha odamlarga yaxshilik qiladigan, el koriga yaraydigan vatanparvar inson edi.

Bu mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, vatan qahramonlariga hurmat ko‘rsatish borasidagi e’tiborning yana bir ifodasi bo‘ldi. Kuchli va mehr-oqibatli jamiyatda insoniylik hech qachon unutilmaydi”, deya yozgan Prezident matbuot kotibi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil aprel oyida Bo‘rijar kanalining Chilonzor tumanidan oqib o‘tuvchi qismida 5 yashar bola, bir ayol va bir erkak oqib ketgandi. Iyun oyida esa talaba Bo‘rijar kanalida cho‘kib, vafot etdi. Avgustda Bo‘rijar kanalidan 73 yoshli erkakning jasadi topilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing