Bo‘rijar kanalida oqib ketgan 3 kishining ham jasadi topildi
3-sahifa
−
12 aprel 2024 10039 1 daqiqa
Avvalroq, Toshkent shahrida Bo‘rijar kanalining Chilonzor tumanidan oqib o‘tuvchi qismida 5 yashar bola, bir ayol va bir erkak oqib ketgani, ona-bolaning jasadi topilgani, erkak esa hamon qidirilayotgani xabar qilingandi. Endilikda oqib ketgan erkakning ham jasadi topildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
“Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, deydi Hayot Shamsutdinov.
Ma’lumot uchun, Bo‘rijar kanaliga 3 kishi 10 aprel kuni oqib ketgan. 2019 yilda tug‘ilgan bola kanal atrofida o‘ynab yurgan vaqtida suvga tushib ketgan. Buni ko‘rgan ayol bolani qutqarmoqchi bo‘lib, suvga o‘zini tashlagan. Shu payt atrofda bo‘lgan erkak ham ularni qutqarish maqsadida suvga tushganida, suv oqimining tezligi sabab uchchala kishi ham oqib ketgan.
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari voqea joyiga kelganida ayol va bolaning jasadi shu atrofdagi fuqarolar tomonidan suvdan olib chiqilgani ma’lum bo‘lgan.
Live
Barchasi