Bundesliga “liderlari” ishonchli g‘alabaga erishdi

Sport

image

Bugun, 23 oktyabr kuni Germaniya Bundesligasining 9-turidan o‘rin olgan bir nechta uchrashuv o‘z yakuniga yetdi. Musobaqa jadvalida dastlabki ikki o‘rinni band etgan “Bavariya” va “Borussiya Dortmund” kutilganidek, g‘alabaga erishdi. 

Dortmundning “Borussiya”si “Arminiya” mehmoni bo‘ldi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. “Bavariya” esa o‘z maydonida “Xoffenxaym” darvozasiga javobsiz 4 ta to‘p kiritdi.

Bundesliga. 9-tur. “Bavariya” 4:0 “Xoffenxaym”

Gollar: 1:0 – 16 Gnabri, 2:0 – 30 Levandovski, 3:0 – 82 Shupo-Moting, 4:0 – 87 Koman.

“Bavariya” – Noyer, Pavar, Ernandes (Zyule, 46), Upamekano, Richards, Zabitser (Tolisso, 76), Kimmix, Musiala (Koman, 70), Myuller (Shupo-Moting, 65), Levandovski, Gnabri (Sane, 76). 

“Xoffenxaym” – Baumann, Akpoguma (Ryutter, 27), Posh, Grillich, Richards, Raum, Gayger (Shtiller, 83), Samasseku (Rudi, 58), Kramarich, Bebu (Adamyan, 83), Bruun Larsen (Skov, 58).

Ogohlantirishlar: Samasseku (10), Rudi (60), Raum (74), Grillich (90).

“Arminiya” 1:3 “Borussiya D”

Gollar: 0:1 – 31, penalti Djan, 0:2 – 45 Xummels, 0:3 – 72 Bellingem, 1:3 – 87, penalti Klos.

“Arminiya” – Ortega, Nilsson, Bryunner (Ramush, 46), Piper, Barrett-Laursen (Chiborra, 74), Fernandesh (Vimmer, 64), Pritl, Shopf, Kunse, Xak (Kryuger, 74), Zerra (Klos, 46). 

“Borussiya D” – Kobel (Xits, 46), Xummels (Melouni, 88), Akandji, Pongrachich, Volf, Azar, Djan (Vitsel, 76), Brandt (Reyner, 76), Bellingem, Roys, Malen (Tigges, 66).

Ogohlantirish: Kunse (83).

Ma’lumot uchun, Yulian Nagelsmann boshchiligidagi “Bavariya” 9-turdan so‘ng, 22 ochko jamg‘argan holda karvonboshilik qilmoqda. Ikkinchi o‘rindagi Dortmundning “Borussiya”si hisobida esa 21 ochko mavjud.


 


Maqola muallifi

Teglar

Bavariya Borussiya D Bundesliga Nagel'smann

Baholaganlar

4

Reyting

2.6

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing