“Bunday davlat endi yo‘q” – Medvedev Moldovaning Putinni qora ro‘yxatga kiritgani haqida

Olam

image

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Moldovaning Vladimir Putinni qora ro‘yxatga kiritganiga munosabat bildirdi. 

Avvalroq Moldova Bosh vaziri Dorin Rechan mamlakatga kirishi taqiqlangan rossiyaliklar ro‘yxati tasdiqlanganini ma’lum qilgandi. Unga ko‘ra, ro‘yxatdan Ukrainadagi urushni qo‘llovchi va targ‘ib qiluvchi shaxslar, jumladan, Vladimir Putinning nomi ham o‘rin olgan. 

Dmitriy Medvedev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Moldovaning ushbu harakatiga nisbatan munosabat bildirdi. 

“Rechan ismli sirli jonzot uning mamlakati – Moldovaga na Rossiya Prezidenti va na rasmiylari kira olmasligini aytdi. Birinchidan, endi hech kim u yerga bormaydi. Ehtimol, keyinchalik qandaydir tarzda... Ikkinchidan bunday davlat endi yo‘q. Mahalliy rahbarlar uni Ruminiyaga sotishdi va vatanlariga xoinlik qilishdi. Va ular bilan hech narsa haqida gaplashishning ma’nosi yo‘q. Ular bilan xalq shug‘ullanadi va o‘zlari kim ekanliklarini hal qilishadi – moldovalikmi yoki rumin”, deb yozadi u.

Ta’kidlash joizki, Medvedevning bunday bayonotlari yangilik emas.

Avvalroq u Rossiya va NATO urushsa, Polsha yo‘q bo‘lib ketishini aytgandi. Shuningdek, Medvedev Yevropa Rossiyani bo‘lib tashlamoqchi ekanini ham iddao qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Moldova Putin Medvedev qora ro'yxat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing