Bo‘lajak Ispaniya qirolichasi uch yillik harbiy xizmatga yuborildi

Olam

image

Ispaniya malikasi Leonor uch yillik armiyaga yuborildi. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi.

Manbada e’lon qilingan rasmlarda bo‘lajak Ispaniya qirolichasi boshqa harbiy xizmatchilar qatori forma kiygan va sochlarini yig‘ib olgan holda darslarda qatnashayotgani, mashq bajarayotgani va harbiy usulda salomlashayotganini ko‘rish mumkin.

 

Aytilishicha, Leonor dastlabki darslarda harbiy hayotga moslashishga yordam beradigan modul bo‘yicha o‘qitiladi. U kadet batalyoniga joylashtirilgan bo‘lib, o‘n ikki talaba bilan birga yashamoqda. Keyinroq malika dastlabki mashg‘ulotlardan olinib, asosiy harbiy texnika bilan ta’minlanadi.

“Bo‘lajak qirolicha akademiyadagi o‘qishni tugatgandan so‘ng dengiz flotida harbiy tayyorgarlikdan o‘tadi va Marinadagi harbiy-dengiz maktabida michman (eng quyi ofitser) vazifasini bajaradi, so‘ngra uch yillik ta’limni Bosh havo kuchlari akademiyasida yakunlaydi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, malika Leonor De Todos Los Santos De Borbon Ortiz Ispaniya qiroli Filipp VI va uning rafiqasi Letisiyaning to‘ng‘ich qizi bo‘lib, 2014 yilning 19 iyunidan boshlab Ispaniya taxtining vorisi hisoblanadi.

Malika Leonor joriy yilning oktyabr oyida 18 yoshga to‘ladi. Ispaniya qonunchiligiga ko‘ra, bo‘lajak qirolicha harbiy amaliyot o‘tagan va barcha parlament monarxiyalarida harbiy kareraga ega bo‘lishi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Ispaniya malika Leonor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made