2025 yilda dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi sportchisi bo‘laman – Topuriya
Sport
−
01 may
3825Yengil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni (66 kg gacha) asli gruziyalik, biroq Ispaniya nomidan janglar o‘tkazuvchi Iliya Topuriya 2025 yilda dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi sportchisiga aylanishiga ishonch bildirdi. Bu haqda sportchi “El Podcast de Webpositer” YouTube sahifasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“2025 yilda dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi sportchisi bo‘lishimga shubham yo‘q. Bu aniq. Rostini aytsam, agar 2025 yilda eng ko‘p maosh oluvchi sportchiga aylana olmasam, bundan hayron qolaman”, deydi Topuriya.
Qayd etish joiz, UFC 298 turniri doirasida Topuriya ikkinchi raundda avstraliyalik Aleksandr Volkanovskini nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgandi. Ushbu muvaffaqiyat tufayli u yengil vazn toifasida chempionga aylandi.
Umumiy hisobda, 27 yoshli ispaniyalik jangchi MMA'da 15 ta g‘alabaga erishgan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr