Buxoroning ikki tumaniga yangi IIB boshliqlari tayinlandi

Jamiyat

image

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan tizimda qator lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.

Podpolkovnik Ikrom Yusupovich Fozilov IIV Jamoat xavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Ikrom Fozilov Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi huzuridagi Probatsiya xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Fayzulla Hikmatovich Ismoilov Buxoro viloyati Olot tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Fayzulla Ismoilov Buxoro viloyati Qorovulbozor tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Maruf Mardonovich Qo‘ziyev Samarqand viloyati IIB Pastdarg‘om tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Maruf Qo‘ziyev Samarqand viloyati IIB Tergov boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

IIV tayinlov

Baholaganlar

116

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing