Buxorodagi savdo markazi yonib ketdi

Jamiyat

image

Kecha, 26 fevral kuni Buxoro shahar Bahouddin Naqshband ko‘chasida joylashgan savdo binolarida yong‘in yuz berdi. Bu haqda soat 22:37 da yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

Yong‘inni bartaraf etishga 15 ta asosiy, 2 ta maxsus yong‘in o‘chirish avtomobillari va 20 tadan ortiq yordamchi texnikalar jalb qilinib, soat 00:40 da yong‘inni tarqalishi oldi olindi va soat 01:30 da batamom o‘chirildi.

Yong‘in maydoni 520 kv m.ni tashkil etdi. Yong‘in natijasida halok bo‘lganlar va tan jarohati olgan shaxslar mavjud emas.

“Hurmatli fuqarolar yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishingizni so‘raymiz”, deyiladi Favqulodda vaziyat vazirigi xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in savdo markazi

Baholaganlar

134

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing