Buxorodagi portlash sababi va jabrlanganlar haqida qo‘shimcha ma’lumot berildi
3-sahifa
−
04 fevral 2021
13914Avvalroq, Buxoro shahar, Islom Karimov ko‘chasidagi ko‘p qavatli binoda gaz portlagani haqida xabar bergan edik. Hodisada 3 kishi jarohatlangani aytilgandi.
Buxoro viloyati hokimligi bergan ma’lumotga ko‘ra, portlash yuz bergan bino "White Group Trading" MCHJ tomonidan 2019 yilda aholi tomonidan qabul qilingan buyurtma orqali qurilishi boshlangan.
Loyiha bo‘yicha 3 ta pod’ezdda jami 70 ta xonadon qurilishi rejalashtirilgan. Qurilish uchun davlat tomonidan kredit moliyalashtirilmagan.
Chaqnash vaqtida bino ichida 10 nafar quruvchi va 3 nafar gaz payvandlovchi ustalar bo‘lgan.
Chaqnash sabablari: gaz payvandlash ishlari 3 oy oldin boshlangan. 4 fevral kuni montaj to‘liq tugatilib, sinovdan o‘tkazilgan. Sinovdan o‘tkazish vaqtida chaqnash sodir bo‘lgan xonadonda gaz quvurining to‘sgichi (zaglushka) bo‘lmaganligi sababli sizib chiqqan gaz havo bilan aralashib, chaqnash sodir bo‘lgan.
Jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot:
1. Rizoyev Ahad Toshevich,1982 y.t., Kogon sh Birdamlik ko‘chasi 1 uy, ahvoli og‘ir
2. Jo‘rayeva Feruza, Buxoro sh. Chorbakr ko‘chasi, ahvoli yengil
3. O‘rinova Shaxnoza, 1981 y.t. Jondor tumani, ahvoli yengil
4. Roziqova Nargiza, 2000 y.t., Jondor tumani, ahvoli yengil
5. Jo‘rayev Bexruz, 1999 y.t., Jondor tumani , ahvoli yengil
6. Mahmudova Mohinur, ahvoli yengil
Shuningdek, portlash dastlab aytilganidek, 8 qavatli emas, 9 qavatli binoda yuz bergan. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan qidiruv-qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda.
LiveBarchasi