Buxoroda YPX xodimi piyodani urib yubordi (video)

3-sahifa

image

Joriy yilning 27 aprel kuni Buxoro viloyatida Yo‘l harakati xavsizligi boshqarmasi (YHXB) xodimi piyodani urib yubordi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 09:05 larda Buxoro viloyati, Vobkent tumani, Imom Buxoriy ko‘chasida haydovchi, 1987 yilda tug‘ilgan, viloyat YHXB xodimi Yo.Mavlonov o‘ziga tegishli Cobalt rusumli avtomobilni boshqarayotib, piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, 2009 yilda tug‘ilgan S.N. ni urib yuborgan.

Hodisa oqibatida piyoda yengil tan jarohatlari olgan. Xodim jabrlanuvchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida uni shifoxonaga olib borgan. Xodim xizmat vaqtida, hushyor holatda, avtomobilni boshqarish uchun barcha tegishli me’yoriy hujjatlarga ega bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Vobkent tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Ayrim ijtimoiy tarmoq faollaridan go‘yoki ushbu hodisani “yopdi-yopdi”bo‘lmoqda degan asossiz xabarlarni tarqatmasliklarini so‘ralmoqda. 

Holat to‘liq va xolisona o‘rganilib, tergov yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Eslatib o‘tamaiz, avvalroq Toshkent shahrida o‘nlab mashinalar ishtirokida yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Yo'l harakati xavsizligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing