Buxoroda yirik miqdorda pul o‘g‘irlagan shaxs Navoiyda ushlandi

3-sahifa

image

Buxoro viloyatining Buxoro tumanida joylashgan savdo majmualarining birida o‘g‘rilik jinoyati sodir etgan shaxs Navoiy shahrida ushlandi. Bu haqda “Yangi davr” dasturi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Buxoro tumanida noma’lum shaxs do‘kon eshigini buzib kirib, 37 mln so‘m va 3 ming AQSH dollari miqdoridagi naqd pullarni yashirin ravishda talon-toroj qilib, voqea joyidan yashiringan.

Qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni 1998 yilda tug‘ilgan, uch nafar farzandi bor navoiylik fuqaro sodir etgani aniqlangan.

Surishtiruvlar davomida gumonlanuvchi Navoiy shahrida qo‘lga olingan.

Uning vaqtincha yashash manzili va boshqaruvidagi transport vositasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, jinoyat sodir etishda foydalanilgan ashyolar, temir jismlar va niqoblar, o‘g‘irlangan pullar evaziga 1650 AQSH dollariga sotib olingan telefon, 17 mln so‘m boshlang‘ich to‘lov evaziga rasmiylashtirilgan Gentra mashinasi hujjatlari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Qayd etilishicha, tergovga qadar tekshiruv davomida ushbu shaxsning yana bir jinoyatga aloqadorligi fosh etilgan. Gumonlanuvchi qo‘lga olinishidan bir kun oldin Navoiy viloyatining Navbahor tumanidagi savdo do‘konlarining birida 4 mln 200 ming so‘m va 100 AQSH dollari miqdoridagi pullarni o‘g‘irlaganligi ma’lum bo‘lgan.

Ayni paytda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 4-qismi, “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi qamoqqa olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatida qo‘shnisining uyiga kirib, voyaga yetmagan bolaga zo‘rlik ishlatgan holda 7 dona jo‘jani o‘g‘irlagan shaxs 10 yil 2 oy muddatga qamalgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy Buxoro o'g'rilik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing